Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yilning so`nggi kunlari ukrainaliklar uchun og`ir kelishidan ogohlantirdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar berdi.
"Rossiya bu yil hamma narsani yutqazdi! Ammo u bizning infratuzilmaga berilgan ommaviy raketa zarbalarini propaganda shoularda nishonlab o`z mag`lubiyatini xaspo`shlamoqchi. Ular faqat shunga xursand, kasal odamlar!", — degan u tungi videomurojaatida.
Shuningdek, Zelenskiy Moskva yilning so`nggi kunlarini qorong`u va murakkab qilishga harakat qilishini aytgan. U ukrainaliklarni havo trevogalarini tinglash va amal qilishga chaqirgan.






