AsosiyDunyo

Oktyabr oyida Hindiston siroplardan barcha davlatlarni rasman ogohlantirgani ma`lum bo`ldi

'Oktyabr oyida Hindiston siroplardan barcha davlatlarni rasman ogohlantirgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) barcha davlatlarni Hindistonda ishlab chiqarilgan tarkibida dietilenglikol va etilenglikol mavjud yo`talga siroplar xavfidan oktyabr oyida rasman ogohlantirgan.

Qayd etilishicha, Gambiya va Indoneziyada yo`talga qarshi mazkur sipovlar bolalarning ommaviy o`limiga sabab bo`lgan (200 dan ortiq). Indoneziya 2022 yil 21 oktyabrdan bu turdagi barcha siroplar savdosini taqiqlagan.

JSST laboratoriya tahlillarida keltirilishicha, Gambiyadagi yo`talga qarshi sirop namunalaridan «ruxsat etilmagan miqdorda» etilenglikol va dietilenglikol aniqlangan.

Avvalroq Hindistonning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli «Dok-1 Maks» tabletka va sirop dori vositasini ichgan 18 nafar bola vafot etgani to`g`risida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar