Jahon chempionati paytida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yashagan xona mini-muzeyga aylantirildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
Messi va Argentina terma jamoasi futbolchilari mundial paytida 29 kun davomida Qatar universiteti 1-yotoqxonasidagi xonalarni band etishgan. Jahon chempionati payti yotoqxona argentinaliklarga moslab bezatilgan edi.

Universitet ma`muriyati jahon chempionligini qo`lga kiritgan Messi sharafiga u yashagan B201 xonani mini-muzeyga aylantirishga qaror qildi.