AsosiySport

2022 yil o`zbek sporti uchun ulkan yutuqlarga boy bo`ldi

'2022 yil o`zbek sporti uchun ulkan yutuqlarga boy bo`ldi'ning rasmi

2022 yil o`zbek sporti uchun ulkan yutuqlarga boy bo`ldi. Shuningdek, Toshkent bir qator yirik tadbirlarga mezbonlik qildi. 

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi yakuniga etib borayotgan joriy yil O`zbekiston sporti uchun ahamiyatli bo`lgan sport tadbirlari, musobaqalar va unda atletlarimiz qayd etgan natijalar haqidagi ma`lumot taqdim etmoqda. 

  • 20-30 yanvar kunlari Toshkentda boks bo`yicha U22 yosh toifasida ilk bor o`tkazilgan Osiyo chempionatida O`zbekiston terma jamoasi 16 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 20 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi. 
  • 27 mart sanasida poytaxtda ShHT bilan hamkorlikda “Navro`z” IV xalqaro marafoni tashkil etildi.                     
  • 2-10 aprel kunlari BAAda qilichbozlik bo`yicha yoshlar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tdi. Unda hamyurtimiz Zuhriddin Qodirov g`alaba qozonib, mustaqil O`zbekiston tarixida ushbu sport turida dunyo birinchiligida oltin medalni qo`lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Shuningdek, Zaynab Dayibekova bronza medaliga sazovor bo`ldi. 
  • 6-7 may kunlari “O`zbekiston” Forumlar saroyida mamlakatimizda ilk bor Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
  • 19-21 may sanasida poytaxtimizda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlarning jismoniy tarbiya va sport bo`yicha vazirlik hamda idoralari rahbarlarining yig`ilishi o`tkazildi. 
  • 1-19 iyun kunlari Toshkentda futbol bo`yicha U23 Osiyo kubogi o`tkazilib, unda O`zbekiston olimpiya terma jamoasi finalgacha etib bordi va kumush medalni qo`lga kiritdi.
  • 7-17 iyulda AQShning Birmingem shahrida Butunjahon sport o`yinlari bo`lib o`tdi. Unda Darya Latisheva (ushu) kumush, Doston Otabolaev (karate) bronza medaliga sazovor bo`ldi.
  • 15-25 iyul, Toshkent. Og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati tashkil etildi. Har ikki terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi
  • 27 iyul – 8 avgust kunlari Rossiya Federasiyasining Vladivostok shahrida IV Osiyo bolalari o`yinlari bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston delegasiyasi 41 ta oltin, 28 ta kumush va 45 ta bronza, jami 114 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi bo`ldi.
  • 28 iyul – 10 avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida o`tgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O`zbekiston terma jamoasi tarixiy g`alabaga erishdi.
  • 5-21 avgust sanalarida Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o`yinlari bo`lib o`tdi. O`zbekiston delegasiyasi ushbu musobaqada 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza, jami 158 ta medal bilan musobaqa tarixida ilk bor ikkinchi o`rinni egalladi.
  • 6 avgust kuni Kolumbiyaning Kali shahrida engil atletikachimiz Sharifa Davronova yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida uch hatlab sakrash dasturida g`alaba qozondi. 
  • 9-10 sentyabr kunlari Toshkentda mintaqaning taniqli sportchilari ishtirokida «Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sport elchilari» tadbiri o`tkazildi.
  • 6-13 oktyabr kunlari “Humo arena” dzyudo bo`yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Yurtimizda tashkil etilgan ilk dunyo birinchiligida O`zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida uchinchi o`rinni egalladi. 
  • 6-16 oktyabr sanasida Bahrayn Og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Unda O`zbekiston erkaklar terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi. 
  • 30 oktyabr - 12 noyabr kunlari Iordaniyada boks bo`yicha Osiyo chempionati o`tkazildi. Unda 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan O`zbekiston erkaklar terma jamoasi birinchi o`rinni egalladi. 
  • 9 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o`yinlari uchun qad roslaydigan Olimpiya shaharchasining qurilishiga tamal toshini qo`ydi.
  • 13-20 noyabr sanalarida Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin,        1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg`ardi. Hamyurtimiz Svetlana Osipova oltin medalni qo`lga kiritgan ilk taekvondochi qizimizga aylandi. 
  • 3 dekabr kuni futbol bo`yicha O`zbekiston amputantlar terma jamoasiga Prezident sovg`asi – «Cobalt» avtomobillari topshirildi.
  • 5-16 dekabr kunlari Kolumbiyada og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tdi. Musobaqada O`zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega bo`ldi. -109 kg vazn toifasida g`alaba qozongan Ruslan Nurudinov ikki karra jahon chempionligini qo`lga kiritdi. 

 

2023 yil O`zbekiston delegasiyasini bir qator kompleks musobaqalar, terma jamoalarimizni esa qit`a va jahon chempionatlari kabi yirik musobaqalar kutib turibdi. 

 

    Boshqa yangiliklar