AsosiyDunyo

Rossiyada migrantlar uchun yangi xizmat yo`lga qo`yilishi kutilmoqda

'Rossiyada migrantlar uchun yangi xizmat yo`lga qo`yilishi kutilmoqda'ning rasmi

Migrantlar muammo tug`ilgan paytda ular nima qilishlari mumkinligi haqida ma`lumot beradigan xizmatni yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya IIV migrasiya masalalari bo`yicha Bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Dmitriy Demidenko ma`lum qildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda. 

Uning so`zlariga ko`ra, Migrasiya bosh boshqarmasi saytida zaruriy vaziyatlar deb ataluvchi alohida xizmat paydo bo`ladi.

“Biz nima qilishni xohlayapmiz? Fuqarolar, jumladan, Qirg`iziston fuqarolari murojaatlari asosida qo`llanma paydo bo`ladi, masalan, qabul qiluvchi tomon meni migrasiya ro`yxatiga qo`yishni istamasa, nima qilishim kerak va shunga o`xshash holatlarda. Ikki oydan so`ng bu xizmatni ishga tushirishni rejalashtiryapmiz”, — dedi Demidenko Sputnik Qirg`iziston bilan suhbatda.

Shuningdek, u ko`plab savollar, jumladan, vaqtinchalik yoki doimiy maqomni rasmiylashtirish bilan bog`liq masalalarga oid ma`lumot boshqarma saytida mavjudligini eslatdi.

Demidenko migrantlarni vositachilar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi, chunki chuv tushishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar