50 ga yaqin reyslar qalin tuman tufayli Istanbulning yangi aeroportiga yo`naltirildi. Bu haqda zamon.uz yozmoqda.
Ertalab shahar sharqidagi Sabiha Go`kchen aeroportiga qo`nishi kerak bo`lgan 49 ta xalqaro reys shimoldagi yangi Istanbul aeroportiga yo`naltirilgan.
Bir qator qatnovlar, asosan, Turk Havo Yo`llari reyslari bekor qilingan.
Istanbuldagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bunday hodisalar tez-tez uchrab turadi, biroq hozirda qayta yo`naltirilgan reyslar soni rekord darajaga etdi. Sinoptiklar Istanbul hududida qalin tuman jumagacha davom etishini taxmin qilmoqda.






