Saudiya Arabistonida ayollar birinchi marta hajga (Makka va Madinadagi Islom ziyoratgohlariga ziyorat qilish) mahram – yaqin qarindoshi – musulmon ayol bilan birga bo`lgan erkak hamrohligisiz hujjat topshirishlari mumkin bo`ladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra (kichik ziyorat) vazirligi rasmiy saytida payshanba kuni chop etilgan xabarda aytilgan.
Saudiya Arabistoni vazirligi joriy mavsumda Haj ziyoratiga borish istagida bo`lganlar, jumladan, qirollikda yashash uchun ruxsatnomaga ega bo`lgan saudiyalik ayollar va musulmon ayollarni muddatidan oldin ro`yxatga olish imkoniyatini e`lon qildi. Ro`yxatga olish qoidalariga ko`ra, elektron anketaga hamrohlik qiluvchi shaxs yoki mahram (er, aka, ota yoki o`g`il) qo`shiladi. Shu bilan birga, ushbu shaxslarning qo`shilishi "tanlangan" ekanligi va anketani to`ldiruvchi ayolning ixtiyoriga qo`yilganligi ham ta`kidlangan.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari bo`yicha vazir o`rinbosari Abdel Fattoh Mashatning aytishicha, mamlakat rasmiylari “bu yil haj ziyoratiga boruvchi ayollar uchun mahram bo`lishini talab qilmaslikka” qaror qilgan. Shu bilan birga, u bu holatda musulmon ayol “ayollar guruhi tarkibida” haj ziyoratiga borishi kerakligini ta`kidlagan.






