Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston energetika idoralari rahbarlari Qambarota GES-1ni birgalikda qurish bo`yicha kelishib oldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
2023 yilning 6 yanvarida Bishkek shahrida Qozog`iston Respublikasi energetika vaziri Bolat Akchulakov, Qirg`iziston Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibraev va O`zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov “Yo`l xaritasi”ni imzoladilar.
Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi doirasida tomonlar uni amalga oshirishning asosiy shartlarini kelishib oldilar. Shuningdek, vazirlar elektr stansiyasini o`z vaqtida ishga tushirish bo`yicha kutilayotgan chora-tadbirlarni belgilab olgan.
Qambarota GES-1 Qirg`izistondagi eng yirik elektr stansiyaga aylanishi kerak. U Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi va mintaqaning suv ta`minotini barqarorlashtiradi.






