O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axboroti e`lon qilindi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi 2023 yil 9-10 yanvar kunlari Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida bo`lib o`tadigan Iqlim jihatidan barqaror Pokiston bo`yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Tashrif doirasida O`zbekiston delegasiyasi xorijiy hamkorlar bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazadi.






