Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya Superkubogining ketma-ket beshinchi o`yinida gol urdi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, Madridning “Real” klubi turnir yarim finalida “Valensiya”ni (1:1, penaltilar bo`yicha 4:3) penaltilar seriyasida mag`lub etdi. Benzema 39-daqiqada 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Bu gol fransiyalik hujumchi uchun Ispaniya Superkubogidagi qatorasiga beshinchi gol bo`ldi. Bu ko`rsatkich bo`yicha u Ispaniya Superkubogida argentinalik hujumchi Lionel Messining rekordini takrorladi.
Ispaniya Superkubogi finalida “Real Madrid” “Barselona” – “Betis” juftligi g`olibi bilan o`ynaydi.
Benzema joriy mavsumda barcha turnirlarda 17 ta o`yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.