AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ko`p qavatli uylarda issiq suv harorati uch kunga pasaytiriladi

'Toshkentdagi ko`p qavatli uylarda issiq suv harorati uch kunga pasaytiriladi'ning rasmi

Toshkent shahri hokimligi aholiga murojaat qilib, elektr tizimiga yuklamani pasaytirish va markazlashgan issiqlik tizimida haroratni ko`tarish uchun ko`p qavatli uylarning issiq suv ta`minotida harorat uch kun davomida pasaytirilishini ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, xonadonlarga etkazib berilayotgan issiq suv taminoti hamda isitish tizimida haroratning sezilarli darajada pasayib ketishiga havo-haroratining keskin pasayshi oqibatida issiqlik stansiyalariga uzatilayotgan tabiiy gaz bosimining pasayib ketishi sabab bo`lgan.

Buning natijasida o`z xonadonlarini isitish maqsadida fuqarolar qo`shimcha elektr moslamalardan foydalanishi, o`z navbatida transformator stansiyalari va uzatish simlarida normadan ortiqcha yuklamani vujudga keltirgan.  Buning oqibatida esa, oxirgi kunlarda transformatorlar va simlarda portlash, yonib ketish kabi avariyalar soni kunlik o`n barobaridan oshib ketgan.

"Shunga ko`ra, elektr tizimiga yuklamani pasaytirish, hamda markazlashgan issiqlik tizimi (otoplenie)da haroratni ko`tarish maqsadida, eng kamida, uch kun davomida ko`p qavatli uylarning issiq suv ta`minotida haroratni vaqtincha pasaytirishga majburmiz. Bunda suvni isitishga sarflanayotgan tabiiy gaz issiqlik tizimi (otoplenie)ga yo`naltiriladi.

Vaziyatni shahrimiz fuqarolari to`g`ri baholashlariga umid qilamiz va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, poytaxt aholisidan uylaridagi eng zarur xonalarni isitish va yoritishdan tashqari energiya sarfini imkon qadar kamaytirish iltimos qilinmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar