AQSh prezidenti Jo Bayden va Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Vashingtondagi uchrashuvdan so`ng Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy yadroviy zarbasi yuzasidan keskin bayonot berishdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
“Biz aniq ta`kidlaymizki, Rossiya tomonidan Ukrainada yadro qurolidan har qanday foydalanish butun insoniyatga qarshi asossiz dushmanlik harakati bo`ladi”, — deyiladi qo`shma bayonotda.
Yaponiya va AQSh rahbarlari, shuningdek, Ukrainani so`zsiz qo`llab-quvvatlagan holda RFga qarshi sanksiyalar qo`llashda davom etishlarini ta`kidladilar.






