AsosiyDunyo

Britaniya bosh vaziri Eronda Britaniya fuqarosining qatl etilishini shafqasizlik deb aytdi

'Britaniya bosh vaziri Eronda Britaniya fuqarosining qatl etilishini shafqasizlik deb aytdi'ning rasmi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Eron hukumatining mudofaa vaziri sobiq o`rinbosari Ali-Rizo Akbariyni qatl qilish haqidagi qarorini shafqatsizlik, deb baholadi. 

"Eronda Britaniya va Eron fuqarosi Alirizo Akbariyning qatl etilishidan hayratdaman. Bu o`z xalqining inson huquqlarini hurmat qilmaydigan vahshiy rejim tomonidan amalga oshirilgan shafqasiz va qo`rqoqlik harakatidir. ”, deb yozdi Britaniya hukumatlari rahbari Twitter sahifasida.

 

Avvalroq IRNA agentligi sud organlariga tayanib, o`lim jazosi ijrosi haqida xabar bergan edi. Ularga ko`ra, Islom Respublikasi sobiq mudofaa vazirining sobiq maslahatchisi, 1997—2005-yillarda xizmat qilgan Ali Akbariy Buyuk Britaniya foydasiga josuslik, shuningdek, korrupsiyada aybdor deb topilgan. Shu bilan birga, Akbariy o`ziga qo`yilgan barcha ayblovlarni inkor etib, ular asossiz ekanini ta`kidlagan.

"Bi-bi-si"ning fors tilidagi nashri sobiq amaldor taxminan 10 oy oldin hibsga olinganini, hibsda qiynoqqa solinganini iddao qilgan.

Britaniya Eron hukumatini Akbariyni qatl etishdan voz kechishga chaqirdi. Misol uchun, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli bo`lajak qatlni "inson hayotiga mutlaqo hurmasizlik ko`rsatadigan vahshiy rejimning siyosiy motivli harakati" deb atagan. 

    Boshqa yangiliklar