AsosiyDunyo

Ukrainadagi urushda qancha tinch aholi halok bo`lgani ma`lum qilindi

'Ukrainadagi urushda qancha tinch aholi halok bo`lgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, keng ko`lamli bosqin boshlanganidan beri 18 096 nafar ukrainalik tinch aholi jabr ko`rdi. Shu jumladan, 6 952 kishi halok bo`lgan, yana 11 144 kishi jarohatlangan. Bu haqda BMT Bosh kotibi o`rinbosari Rozmari Dikarlo Ukrainadagi inqirozga bag`ishlangan Xavfsizlik kengashi yig`ilishida so`zlagan nutqida aytdi.

Dikarloning so`zlariga ko`ra, birgina Baxmutda dekabr oyi boshidan buyon kuchaygan jangovar harakatlar oqibatida 22 nafar tinch aholi halok bo`lgan, yana 72 nafari yaralangan.

Shu bilan birga, u asl ko`rsatkichlar bundan ancha yuqori bo`lishi mumkinligini ta`kidladi.

Dikarlo urush Ukrainaga katta zarar etkazganini ta`kidladi. Uning so`zlariga ko`ra, Rossiya bosqini 7,9 million ukrainalikni vatanni tark etib, qo`shni Evropa mamlakatlariga ko`chib o`tishga majbur qilgan. Yana 5,91 million kishi mamlakat ichida ko`chirilgan.

    Boshqa yangiliklar