Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanida qidiruvda bo`lgan o`zbekistonlik yigit qo`lga olindi. U hamyurtini pichoqlab o`ldirishda ayblanmoqda. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 30 oktyabrga o`tar kechasi Sadoviy ko`chasidagi 42-uy yonidan turli tan jarohatlari olgan ikki o`zbekistonlik erkak topilgan. Ulardan biri 31 yoshda bo`lib, Mariinsk shifoxonasida pichoqdan olgan jarohati oqibatida vafot etgan. Ikkinchisi esa 32 yoshda bo`lib, o`rtacha og`irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.






