"Tokio-2020" g`olibi Bekzod Abdurahmonov mashhur Harvard universitetida murabbiy sifatida ish boshladi

Sport 16.01.2023, 10:02
"Tokio-2020" g`olibi Bekzod Abdurahmonov mashhur Harvard universitetida murabbiy sifatida ish boshladi

"Tokio-2020" olimpiadasida sport bo`yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, bronza medaliga musharraf bo`lgan erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov AQShdagi dunyoga mashhur Harvard universitetida murabbiy sifatidagi faoliyatini boshladi.

Bu haqda sportchining o`zi xabar berdi, deya yozmoqda O`zA.

“Avval ham Harvardda ishlaganman. Mening u erdagi asosiy vazifam — murabbiylik. Universitet talabalariga erkin kurashdan saboq beraman. Turli musobaqalarga tayyorgarlik ko`rishlarida yordamlashaman. Shu bilan birga, O`zbekiston terma jamoasidagi faoliyatimni ham davom ettiraman. Yirik musobaqalar oldidan Vatanimiz sharafini himoya qilish uchun terma jamoa ixtiyoriga belgilangan fursatda etib boraman", degan Bekzod Abdurahmonov.

Kelishuv shartnomasiga ko`ra, B.Abdurahmonov qit`a va Jahon chempionati, Osiyo va Olimpiya o`yinlari, ulardan oldin tashkil etiladigan asosiy yig`inlarda O`zbekiston terma jamoasi tarkibida bo`ladi.  

Ma`lumot uchun, Harvard universiteti ayni paytda jahonning eng yaxshi 5 oliy o`quv yurtlaridan biri sanaladi.

Eslatib o`tamiz, Bekzod Abdurahmonov "Tokio-2020" olimpiadasida bronza medaliga musharraf bo`lgan erkin kurashchi okio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov sal avval Olimpiada bayroqdori Nigora Tursunqulova turmush qurdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1