Avval xabar qilinganidek, ayni paytda Shavkat Mirziyoev rahbarligida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta`minlash bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar masalasida kengaytirilgan yig`ilish o`tkazilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, yig`ilishda o`z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`yganligi bois Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev, energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xo`jaev va "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ boshqaruvi raisi Farhod Abdurahmonov lavozimlaridan ozod etildi.
16.01.2023 10:08