AsosiyJamiyat

⚡️ Prezident gaz va "svet" muammosi sabab Singapurga tashrif kunlarini 3 kundan 1 kunga qisqartirdi

'⚡️ Prezident gaz va "svet" muammosi sabab Singapurga tashrif kunlarini 3 kundan 1 kunga qisqartirdi'ning rasmi

Yig`ilishda bugungi kundagi muammolarda tizimsiz ishlash, energoresurslarni talon-toroj qilish holatlari ham sabab bo`layotgani ko`rsatib o`tildi.

Xususan, o`tgan bir oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanishlar aniqlangan.  

"Elektr va gaz tarmoqlarida talon-torojlik bo`lganini, tuman hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz idoralari boshliqlari bilmasmi-di?", - deya savol qo`ydi davlat rahbari.

Oxirgi oylarning o`zida neftegaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korrupsiya holatlari aniqlangani ham tizim ichidan emirilganidan dalolat beradi.

DXX va Bosh prokuraturaga tizimdagi korrupsiyani yo`q qilish bo`yicha alohida choralar ko`rish topshirildi.

Prezident energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvolni inobatga olib Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartirilishini ta`kidladi.

Ushbu mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qimmatli tajribasini o`rganish lozimligi, qolaversa, ushbu davlatdan 4,7 milliard dollargacha qo`shimcha investisiya jalb qilish rejalashtirilgani uchun ham bu tashrif muhim ahamiyatga ega. Xususan, samarasiz ishlayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirishga ham investisiyalar jalb qilinadi.

    Boshqa yangiliklar