Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosarlari bilan ZOOM videokonferensaloqa orqali bo`lib o`tgan yig`ilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qo`yildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumta`lim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish zarurligini ta`kidladi.
Ayni damda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi o`quvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn ta`lim tizimiga o`tkazish masalasini ko`rib chiqmoqda.
17.01.2023 09:41
Qishki ta`til yana cho`zilishi mumkin






