Statistika agentligining ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 mln. nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan.
O`zbekistonga 2022 yilda eng ko`p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
— Qozog`iston – 1551,1 ming nafar
— Tojikiston – 1447,8 ming nafar
— Qirg`iz R. – 1356,9 ming nafar
— Rossiya – 567,7 ming nafar
— Turkiya – 75,6 ming nafar
— Janubiy Koreya – 19,9 ming nafar
— Germaniya – 17,7 ming nafar
— Hindiston – 16,8 ming nafar
— AQSh – 13,1 ming nafar
— Fransiya – 11 ming nafar
— Buyuk Britaniya – 10,5 ming nafar
— Ozarbayjon – 10,4 ming nafar
— Italiya – 8,8 ming nafar
— Ispaniya – 6,3 ming nafar
— Xitoy – 5,4 ming nafar.






