1

"Tata Steel-2023": Abdusattorov 6 soatli o`yinda g`alaba qozondi, Sindarovda durang

Sport 18.01.2023, 08:55
"Tata Steel-2023": Abdusattorov 6 soatli o`yinda g`alaba qozondi, Sindarovda durang

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o`tkazilayotgan shaxmat bo`yicha «Tata Steel-2023» nufuzli xalqaro turnirda to`rtinchi kun bahslari o`tkazildi.

"Masters" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda eronlik Parxam Maqsudluga qarshi oq donalarda o`ynadi. O`yin deyarli 6 soat davom etdi. Hamyurtimiz o`yinni ertaroq yakunlashi mumkin edi, ammo bahsni juda yaxshi boshlagan hamyurtimiz, kutilmaganda, kuchsiz yurishni amalga oshirib, vaziyatni tenglashtirib qo`ydi. O`z navbatida, keyinchalik eronlik shaxmatchi ham xatolarga yo`l qo`ya boshladi. Yakunda esa Abdusattorov g`alabani tantana qildi.

Ushbu g`alaba tufayli Nodirbek o`z ochkolarini 3 taga etkazib, 2-o`ringa ko`tarilib oldi. Kecha Magnus Karlsenni mag`lub etgan Anush Giri hisobida ham 3 ochko bor. Niderlandiyalik sportchi peshqadam bo`lib turibdi. Abdusattorov ertaga Karlsenga qarshi qora donalarda o`ynaydi. Bugun esa turnirda dam olish kuni.

"Chellenjer" turnirida ishtirok etayotgan Javohir Sindarov esa hindistonlik Adhibanga qarshi qora donalarda o`ynadi va durang natija qayd etdi. Natijada hamyurtimizning ochkolari 2,5taga etdi. U jadvalda 4-pog`onani egallab turibdi. Sindarov ertaga slovakiyalik Yergus Pechak bilan bahslashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1