Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohidan atigi 10 kilometr uzoqlikda "Pansir-C1" havo hujumidan mudofaa tizimi o`rnatildi.
Ma`lum qilinishicha, havo hujumidan mudofaa tizimi Voskresenskoe qishlog`i yaqinida ham qayd etilgan. Putinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohidan atigi 10 kilometr uzoqlikdagi Zareche qishlog`i yaqinida ham mudofaa tizimi aniqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva yaqinida jami beshta havo mudofaa tizimi o`rnatilgani, ulardan faqat bittasi faollashgani ta`kidlanadi.
Ma`lumot uchun: "Pansir-C1" — bu Rossiyaning quruqlikda va dengizga mo`ljallangan o`ziyurar zenit-raketa va qurol tizimi. Kompleks SSSR va Rossiya harbiy-sanoat kompleksining bir qator tuzilmalari tomonidan ishlab chiqilgan.






