Fransiyada pensiya islohotiga qarshi namoyish ishtirokchilari soni 1 mln kishidan oshdi, deya xabar beradi euronews.com.
Ma`lum qilinishicha, Fransiyaning qarshi choralari pensiya islohotiga, jumladan, pensiya yoshini 62 dan 64 ga oshirishga qaratilgan. Fransiya kasaba uyushmalari bir necha yil avval pensiya yoshi 60 dan 62 ga ko`tarilganida bo`lgani kabi birgalikda norozilik namoyishi o`tkazmoqda.
Prezident Emmanuel Makron hukumati pensiya yoshini 62 dan 64 ga ko`tarmoqda va to`liq pensiya olish uchun har chorakda to`lanadigan soliqlarni oshirmoqda.
Ish tashlash natijasida Parijdagi jamoat transporti va barcha hududlardagi poezdlar harakati salbiy ta`sir ko`rsatdi.
Elektr energiyasini etkazib beruvchi davlat korxonasi EDF, ish tashlagan ishchilar elektr energiyasi ishlab chiqarishni kamaytirganini aytdi.
Franceinfo va France Inter ommaviy radio tarmoqlari efirni yangiliklar ko`rsatuvlari o`rniga musiqa bilan to`ldirishdi, France 2 televideniesi esa takroriy eshittirishlarni namoyish qilmoqda.






