1

Bugun bokschilarimiz Bangkokda beshta nokaut qayd etishdi

Sport 21.01.2023, 22:16
Bugun bokschilarimiz Bangkokda beshta nokaut qayd etishdi

Bangkok mezbonlik qilayotgan boks bo`yicha U-22 Osiyo chempionatining bugungi kuni nokautlarga boy bo`ldi.

Jumladan, O`zbekiston terma jamoasining besh nafar vakili muddatidan avval g`alaba qozonib, yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritishdi. Yana 2 nafar vakilimiz to`liq davom etgan jangda muvaffaqiyatga erishdi. Ayniqsa, -86 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullaevning qozog`istonlik Sagindik Togambay ustidan qozongan g`alabasi turnir bezaklaridan biriga aylandi.

-63,5 kg: Shahboz Yunusaliev - Janluiji Kalapupin (Indoneziya) 2-raundda nokaut
-67 kg: Bekzod Hamidov - Rattapol Kadamduan (Tailand) 5:0
-71 kg: Nurislom Ismoilov - Kimxeang Xun (Kambodja) 1-raundda nokaut
-75 kg: A`loxon Abdullaev - Abdurazag Altagafi (Saudiya Arabistoni) 1-raundda nokaut
-86 kg: Shohjahon Abdullaev - Sagindik Togambay (Qozog`iston) 1-raundda nokaut
-92 kg: Nusratbek Tohirov - Rezebike Ashan (Xitoy) 3:1
+92 kg: Jahongir Zokirov - Asadbek Mannonov (Tojikiston) 2-raundda nokaut.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1