AsosiyDunyo

Yaponiya Bosh vaziri fevralda Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin

'Yaponiya Bosh vaziri fevralda Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin'ning rasmi

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida fevral oyi o`rtalarida Ukraina poytaxti Kievga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Yomiuri Shimbun gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Bosh vazir Fumio Kisida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o`tkazishni rejalashtirgan.

“Yakuniy qaror mintaqadagi harbiy vaziyatni baholash asosida qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, agar tashrif Kiev va Tokio tomonidan tashkillashtirilsa, Kisida va Ukraina rasmiylari o`rtasida Rossiya harakatlarini qoralaydigan qo`shma bayonot qabul qilinishi ham mumkin.

    Boshqa yangiliklar