Ukraina milliy aksilkorrupsiya byurosi Infratuzilma, jamoalar va hududlar vaziri o`rinbosari Vasiliy Lozinskiyni qo`lga olindi. Bu haqda UNIAN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mansabdor shaxs byudjet mablag`larini o`zlashtirishda ayblanmoqda. Ukrainalik jurnalist Mixail Tkachning aytishicha, Lozinskiy 400 ming dollar pora bilan qo`lga olingan.
Xabarga ko`ra, gap byudjet mablag`larini o`g`irlash haqida ketmoqda, ish 364-modda (Og`ir oqibatlarga olib keladigan mansab vakolatini suiiste`mol qilish) va 368-modda (mansabdor shaxsning noqonuniy foyda olishi) bo`yicha tergov qilinmoqda.
Axborot agentligining xabar berishicha, Lozinskiyga nisbatan tergov u Mintaqaviy rivojlanish vazirligi rahbari o`rinbosari lavozimida ishlagan sentyabr oyi boshidan beri davom etmoqda.






