AsosiySport

Toshkentda dunyoning eng kuchli ayol qilichbozlari yig`iladi

'Toshkentda dunyoning eng kuchli ayol qilichbozlari yig`iladi'ning rasmi

Joriy yilning 10-12 fevral kunlari Toshkent qilichbozlikning sablya yo`nalishi bo`yicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Milliy oimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma`lum qilinishicha, ayollar o`rtasida tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli sablyachilari g`oliblik uchun shiddatli jang olib borishadi.

Gimnastika sport saroyida o`tadigan musobaqa Parij-2024 siklidan avval jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qiladi. Ayni paytga kelib, AQSh, Koreya Respublikasi, Gresiya, Vengriya, Ozarbayjon kabi 12 terma jamoa ushbu turnir uchun tarkibini e`lon qilib ulgurdi. Vladimir Nazlimov boshchiligidagi O`zbekiston sportchilari shu kunlarda Yangioboddagi o`quv-mashg`ulot bazasida mazkur musobaqaga hozirlik ko`rishmoqda.

Boshqa yangiliklar