1

«Egizak ko`rishni istayman!»

SUG'DIYONA 21.09.2016, 11:17
Teglar: Farzand
«Egizak ko`rishni istayman!»

Qo`shaloq baxtga erishishning 9 usuli

Egizaklar tug`ilishi qadimdan oila uchun o`zgacha zavq olib keluvchi holat bo`lgan. Tabiiyki, har zamonlarda odamlar buning usullari bilan qiziqishgan. Quyida biz ham aynan shu masalaga oid ma`lumotlar bilan o`rtoqlashmoqchimiz. Bu haqda shifokor-ginekolog Muyassar NAZIROVA ma`lumot beradi. 

FAQAT 35 YoShDAN KEYIN... 
Egizak farzandlar haqidagi istakni 35 yoshdan keyin ham amalga oshirish mumkin. Aniqlanishicha, aynan shu yoshdan keyin ayolda estrogen gormoni ko`payib,  egizak farzand ko`rish ehtimoli boshqalarga qaraganda yuqori bo`ladi.
 
TAShQI KO`RINIShGA QARAB... 
Qorachadan kelgan, «sharqona» ko`rinishga ega bo`lgan xonimlarda egizaklarni dunyoga keltirish ehtimoli ancha yuqori bo`ladi. Bu borada erkakning tashqi ko`rinishini ham ahamiyatga ega. Agar turmush o`rtog`ingiz qalinqosh, jingalaksoch va qirraburun bo`lsa oilangizda egizaklar tug`ilishi mumkin. 

EKU USULI YoRDAMIDA
Ma`lumki, ushbu usul tezroq natija berishi uchun shifokorlar bir necha urug`lantirilgan tuxumhujayrani ona tuxumdoniga joylashadi. Qarabsizki, farzandingiz bir emas, ikkita, boringki, uchtaga ko`payadi.
 
HOMILADORLIKDAN SAQLOVChI VOSITALAR TA`SIRI
Homilador bo`lishdan oldin bir g`alati ish qiling: albatta shifokor nazorati va tavsiyasi ostida olti oy davomida homiladorlikning oldini oluvchi dori vositasidan foydalaning. Natijada, ma`lum vaqt «dam olgan» tuxumdonlar, birdaniga ikkita tuxumhujayra ishlab chiqaradi. Tarkibida gormonlar ishini tezlashtiruvchi moddalar borligi tufayli esa, tuxumdonlarning ikki kara tezroq va samaraliroq ishlashga undaydi.
 
SEMIRIShGA HARAKAT QILING 
Kanadalik olimlarning ma`lum qilishicha, egizak farzandlar ozg`inlarga qaraganda tana vazni me`yoridan ozroq baland bo`lgan ayollarda ko`proq tug`iladi. Buni inobatga oling-da, oqsilga boy mahsulotlar yordamida biroz semiring. 

TAOMNOMANI O`ZGARTIRING 
Homilador bo`lishdan ikki oy avval har kuni tuxumdonlar faoliyatini kuchaytiruvchi, baravariga ikkita tuxumhujayra etilishiga olib keladigan  oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul qilish kerak. Ular sirasiga: bedana, o`rdak va tovuq tuxumi, yong`oq, shivit, o`stirilgan bug`doy, tovuq va kurka go`shti, baliq, pishloq, sut, tvorog, qatiq, mevalardan – mango, ananas, shaftoli, o`rik, uzum, nok kiradi. Ularni imkon qadar ko`proq iste`mol qiling.
 

Bilasizmi: 
Banan, arab xurmosi, qora shokolad va dukkaklilarni ko`p tanovul qilinsa, o`g`il egizaklar ko`rish ehtimoli yuqori bo`ladi. 

Darvoqe, yaqinlik ovulyasiya davriga to`g`ri kelsa, o`g`il farzand ko`rishingiz osonroq kechadi. 

Qiz egizaklarni istovchilar taomnomasida shirinliklar, asal, xushbo`y giyohlar, murabbo ko`proq bo`lgani ma`qul. Shuningdek, sho`r va achchiq narsalardan o`zingizni tiyishga harakat qiling.
 
KIMNING QONI YoShROQ? 
Qoningiz qancha almashgan bo`lsa shuncha yaxshi. Ayolning qoni har uch yilda, erkaklarniki har to`rt yilda almashinishi tasdiqlangan. Ayol so`nggi operasiya, abort, tug`ruqlardan keyingi vaqtni ham hisobga olishi kerak. Kimning qoni «yoshroq» bo`lsa, sizda ham xuddi shu jinsdagi farzand tug`iladi.

YaQINLIK HAQIDA
Homiladorlik yilning issiq pallasi, ayniqsa yozda vujudga kelgani ma`qul. Yozda ayol organizmi kerakli vitaminlarni ko`p miqdorda oladi, va aynan pishiqchilik payti gormonlar bilan organizm to`yingan bo`ladi.
 
SEKSOPATOLOG BILAN MASLAHATLAShING
Yaqinlik paytida qinga erlik urug`i chuqurroq kirishiga olib keladigan holatlardan foydalanish kerak. Bu haqda shifokor-seksopatologdan tegishli tavsiyalar olasiz. 

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.

Sharhlar

Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
​FARZANDINI BO`KTIRIB O`LDIRGAN ONAGA NISBATAN JINOIY ISh QO`ZG`ATILDI

12.07.2017, 11:50

Sevastopol shahrida chaqalog`iga manniy bo`tqasini berib, bo`ktirib o`ldirgan ayol sud qilinadigan bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. Tergov boshqarmasining ma`lumot berishicha, 26 yoshli ayol ehtiyotsizlik...
​YaXShILIK QILSANG, SUVGA AYT, BALIQ BILAR, BALIQ BILMASA, XOLIQ BILAR.

10.07.2017, 10:41

Tisha Bosheminning katta va ahil oilaning bekasi edi. Sevimli turmush o`rtoq, shirindan-shakar besh farzand – baxt uchun yana ne kerak? Ayol o`zining hayoti tubdan o`zgarib...
​Ayol yig`layotgan chaqalog`ini yostiq bilan bo`g`ib o`ldirdi

07.07.2017, 09:54

Baykal orti o`lkasining Xilok shahrida yashovchi ayol uch oylik chaqalog`ini yig`lagani uchun yostiq bilan bo`g`ib o`ldirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.Nashrning xabar berishicha, 26 yoshli...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1