1

OTIT – quloq yallig`lanishiga befarq bo`lmang!

Salomatlik 21.09.2016, 11:36
Teglar: Salomatlik, Kasallik
OTIT – quloq yallig`lanishiga befarq bo`lmang!

Quloqda yallig`lanish bo`lsa, boshga ham asorat berishi mumkin deb eshitgandim. Haqiqatan ham shundaymi? Tez-tez tumov bezovta qilishi ham quloq kasalliklarini keltirib chiqaradimi?
Odina Halilova, Samarqand shahri 

Quloq juda nozik a`zo sanalishini afsuski, hamma ham bilavermaydi. U nafaqat eshituv a`zosi balki bosh miyaga ham daxl qilishi mumkinligi bilan nihoyatda jiddiy e`tiborni talab qiladi. Ushbu sohadagi yallig`lanish ko`pincha og`riq va boshqa bezovtaliklar bilan yuzaga kelib, tibbiyot vakillari uni o`rta quloq yallig`lanishi ya`ni OTIT nomi bilan atashadi. Xo`sh, kasallikning xavf darajasi qanday?  Davolashda nimalarga  amal qilinadi? Oldini olish-chi? Shu kabi savollarga quyida javob topasiz.

Eshitish pasayadimi?
OTIT kattalarga qaraganda bolalarda og`irroq kechadi. Quloqning qattiq  og`rishi, tana haroratining ko`tarilishi, eshitishning pasayishi bilan birga miya va uning pardasiga asorat berishi ham mumkin. Bu esa kuchli bosh og`riqlarini keltirib chiqaradi. Xastalik yuqori nafas yo`llari yallig`lanishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: gripp, qizamiq,  skarlatina sabab yuzaga kelishi mumkin. Yallig`lanish burun-xalqumdan eshitish nayi orqali nog`ora bo`shlig`iga o`tadi. Bunda hosil bo`lgan yiring, quloq pardasidan o`tib, tashqi eshituv yo`lidan oqib chiqadi. O`rta quloq yallig`lanishining boshqa sabablari ham bor. Bularo qatorida adenoidlar, polip va burun to`sig`ining qiyshayishi kabilarni ham ko`rish mumkin. 

Buni bilarmidingiz?
Ma`lumotlarga ko`ra, surunkali tamaki chekish yoki spirtli ichimliklarga ruju qo`yish yuqori nafas yo`llari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu sohadagi yallig`lanish esa burun xususan quloqqa asorat berishi, yallig`lanish jarayonlariga sabab bo`lishi mumkin. 

Kasallik kimlarga xavf soladi?
Kun davomida kondisioner tagida o`tirib ishlaydiganlar, rinitga chalingan bemorlar, moddalar almashinuvi natijasida kelib chiqadigan qandli diabet, o`t-tosh va oshqozon osti bezi kasalliklari bilan og`riganlar, shuningdek suv sport bilan shug`ullanidaganlar (agar zarur qoidalarga amal qilinmay uzoq vaqt suv ostida bo`linsa) da otitning yuzaga kelish ehtimoli yuqori. Kasallik avj olayotganida quloqdan yiringli ajralma oqib turadi. Bu vaqtda albatta shifokorga uchrashish lozim. 

Tuzaladimi?
O`rta quloq yallig`lanishida muolajani shifokor belgilashi lozim. O`zingizcha turli davo chorlarani qo`llamang. Yo`qsa quloq pardasiga zarar etishi mumkin. Dori preparatlari yordamida bajariladigan muolaja har bir bemor uchun individual tarzda bo`ladi. O`rta quloq yoki ichki quloq bo`shlig`idan yiring oqishi quloqning xavfli kasalligi hisoblangani bois vaqtida davolab, quloqdan yiring oqishini to`xtatish lozim. 

Yana qaytalanadimi?
Har qanday kasallik agar o`z vaqtida muolaja qilinmasa, to`g`ri davolanilmasa va keyingi zarur choralar bajarilmasa takrorlanishi mumkin! Zero bundan hech kim himoyalanmagan. Otit qaytalanmasligini istasangiz, sog`ligingizning ehtiyotini qiling. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida shamollash, sovuqsirash kabi holatlarga yo`l qo`ymang. Bordiyu ilgari otit bilan og`rigan bo`lsangiz, mavsum o`zgarishlariga tayyorgarligingizning ko`ring-u, xastalanmang. 

Eslab qoling!
•  Cho`milayotganda quloqqa suv kirmasin. Buning uchun bir bo`lak paxtaga vazelin surtib, quloqqa tiqib oling;
•  Tumov bo`lganda burunni qattiq qoqmang. Bu ham otit kelib chiqish sabablaridan biri;
•  Qulog`ingiz og`riganida issiq kompresslar yoki turli hil malhamlardan foydalanmang. (agar shifokor tavsiyasi bo`lmasa);
•  Quloqni maxsus tozalovchi cho`pchalar yordamida kavlayvermang. 

Quloqda og`riq, bezovtalik yoki suyuqlik ajralayoganini ko`rishingiz bilan mutaxassisga murojaat qiling. O`z vaqtida davo qilinmasa, meningit, sepsis,  hatto miya to`qimasi absessi kabi asoratlar ro`y berishi mumkin. 

Xastalanmay desangiz!
O`rta quloq yallig`lanishidan himoyalanishning asosiy sharti sog`lom turmush tarzini olib borishdir. Vitamiga boy mahsulotlarni iste`mol qilish, badantarbiya mashqlari, tamaki va spirtli ichimliklardan voz kechish, shamollash, burun va tomoq kasalliklarini o`z vaqtida davolash muhim ahamiyatga ega.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1