Matematika o`qituvchisi Ekaterina Kunina AdMe.ru portaliga, karra jadvalini to`g`ri yodlash va asablarni asrab qolish yo`lini o`rgatdi. Bu uslub nafaqat yodlashni engillashtiradi, balki bilim berib, bolaning kundalik daftarini qutqarib qoladi.
Siz bolalarning matematik bilimi tushib borayotgani haqida avval eshitgansiz.
Farzandlarim ikkinchi sinfda o`qiyotganda men nima uchun maktabda matematik bilim darajasi tushishini tushunib etdim. Aynan ikkinchi sinfda matematik ilm olishda katta bo`shliq yuzaga keladi.
Asosiy muammo — karra jadvalida. Farzandlaringizdagi katak daftarlarga nazar soling.
Men ko`p do`konlarda bo`ldim, ammo ularning hammasida mana shu tasvir:
Xo`sh, nima uchun bu daftar yomon? Hech narsadan shubhalanmagan ota-onalar unda karra jadval aks etayotganligini ko`rishadi. Aslida doim shu jadvalning surati bo`lgan daftarlarda. Xo`sh, buning nimasi yomon?
Muammo shundaki daftarlardagi karra jadval EMAS.
Karra jadval mana bu:
Boshqacha qilib uni “Pifagor jadvali” deb atashadi.
Tepadagi va chapdagi ustunni olmasa ham bo`ladi, faqat asosiy to`g`rito`rtburchak.
Birinchidan, bu jadval. Ikkinchidan, u qiziqarli!
Hech qaysi bola ustuncha qilib yozilgan 2*2=4 misollarida biror qonuniyat va qiziqarli holat izlamaydi.
Uuman olganda, o`qituvchi bolaga: «Karra jadvalni yod ol!» desayu, — bola oldida hech qanday jadvalni ko`rmasa, u matematika qiziqarli fanligini anglamaydi va shunchaki yod olish bilan ish bitadi degan xulosalarga keladi.
Jadval nimasi bilan yaxshi?
- Birinchidan, unda chapdagi misollar ko`rinishidagi ortiqcha ma`lumot yo`q.
- Ikkinchidan, uning ustida bosh qotirsa bo`ladi.
- Uchinchidan, agar u doim qo`l ostida bo`lib, bolaning ko`zi doimiy ravishda shunga tushsa, u o`zi bilmagan holda bu sonlarni eslab qolishni boshlaydi. Aytaylik, «etti karra sakkiz» savoliga hech qachon «55» deb javob bermaydi, sababi bu sonning o`zi jadvalda yo`q!
Bundan tashqari bola avtomatik tarzda qonuniyatlarni izlashga moyil bo`ladi. Va o`zi mustaqil ravishda topa oladi. Bunday qonuniyatlarni hatto ko`paytirishni bilmagan bola ham anglashga qodir.
Masalan: simmetrik sonlar diagonal sonlarga — teng.
Inson ongi simmetriya izlashga moslashgan, va agar uni topsa va sezsa — juda hursand bo`ladi.
Eng muhimi, bola buni o`zi tushunib etadi! Inson o`zi idrokini ishga solgan holda anglab etgan narsasini yod olgan narsasidan ko`ra bir umr eslab qoladi.