AsosiyJamiyat

Qoraqalpog‘istonda dahshatli fojia sodir bo‘ldi

Bir oiladan uch kishi suvga cho‘kib ketdi.

'Qoraqalpog‘istonda dahshatli fojia sodir bo‘ldi'ning rasmi

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ellikqal’a tumanida joylashgan Aqchako‘l suv havzasida dahshatli fojia sodir bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisada bir oiladan uch kishi suvda g‘arq bo‘lgani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, fuqarolarning ikki nafari qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida topilgan. Uchinchi shaxs — ayni paytda hanuz izlanmoqda. Halok bo‘lganlar Beruniy tumanida yashaganligi aytilmoqda.

Rasmiy idoralar tomonidan hozircha rasmiy bayonot berilmadi. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar