AsosiyJAMIYAT

Samarqandda amaldor videoselektor paytida tizzasida o‘tirgan xodimani quchoqladi

Bu holatga nisbatan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy izoh berdi.

'Samarqandda amaldor videoselektor paytida tizzasida o‘tirgan xodimani quchoqladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoselektor yig‘ilishi tasviri O‘zbekistonda davlat idoralaridagi axloqiy me’yorlar muhokamasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Unda Samarqand viloyatidagi mansabdor shaxs o‘z tizzasida o‘tirgan ayol xodimani quchoqlab olgan holat aks etgan.

Bu holatga nisbatan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Matbuot xizmati rasmiy izoh berdi. Vazirlikka ko‘ra, holat o‘rganilgan va unda ishtirok etgan shaxslar bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, videodagi shaxs 2023 yil dekabridan buyon Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Bu vaziyat O‘zbekistonda davlat xizmatchilari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan axloqiy va kasbiy qoidabuzarliklarga nisbatan nazorat qanday olib borilayotgani masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida ham Andijon shahrida shu yo‘nalishdagi tuman bo‘limi rahbari va uning o‘rinbosari ish joyida narkotik modda iste’mol qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 10:04

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:39

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:25

    'Mirziyoyev Japarovni BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangani bilan tabrikladi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:46

    Mirziyoyev Japarovni BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangani bilan tabrikladi

    Suhbat avvalida davlat rahbari Sadir Japarov va qardosh qirg‘iz xalqini Qirg‘izistonning 2027–2028-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylangani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

    'Tolibon Rossiyadan havo mudofaa tizimlari va dronlar sotib olmoqchi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:31

    Tolibon Rossiyadan havo mudofaa tizimlari va dronlar sotib olmoqchi

    Pokistonning Afg‘oniston hududiga ehtimoliy harbiy intervensiyasi haqidagi xabarlari fonida Kobuldagi Tolibon ma’muriyati ham xavfsizlik masalalari bo‘yicha faol harakat qilmoqda.

    'O‘zbekiston aholisining qariyb 56 foizini mehnatga layoqatlilar tashkil etmoqda'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:28

    O‘zbekiston aholisining qariyb 56 foizini mehnatga layoqatlilar tashkil etmoqda

    Mehnatga layoqatli yoshdan kattalar soni esa 4,6 million nafar bo‘lib, aholining 12,1 foizini tashkil qilgan.