AsosiyDunyo

Qodirov Bodrumda ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yotqizildi

Rossiya Checheniston rahbarligidagi ehtimoliy o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda.

'Qodirov Bodrumda ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiyaning Bodrum shahrida dam olayotgan paytida ahvoli keskin yomonlashib, shifoxonaga yotqizildi.

“Milliyot” nashrining yozishicha, u 24 iyul kuni dengizda cho‘milayotganda nafasi qiyinlashgan va deyarli cho‘kib ketgan. Shu zahoti sohilga olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va tez yordam mashinasida kasalxonaga yetkazilgan.

Turk OAV xabariga Checheniston rasmiylari izoh bermagan. Shu kuni Qodirovning qizi A Instagram’da dengizda quyosh botishi aks etgan suratni joylagan.

“Novaya gazeta” manbalariga ko‘ra, Qodirov so‘nggi yillarda jiddiy sog‘liq muammolariga duch kelgan. 2019 yilda unga oshqozon osti bezi nekrozi tashxisi qo‘yilgan, 2022 yildan buyon ahvoli yomonlasha borgan.

Nashr Rossiya hukumati Chechenistonda hokimiyat almashishi bo‘yicha ssenariy ishlab chiqayotganini, ehtimoliy voris sifatida “Axmat” qo‘shinlari qo‘mondoni Apti Alaudinov tilga olinayotganini ma’lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar