Keltirilishicha, soat 16:40 larda Samarqand shahrining Al-Xorazmiy ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Tracker-2 rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:43 da yetib borib, yong‘in soat 16:53 da o‘chirilgan.Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.