AsosiyDunyo

JSST O`zbekistonda “Dok-1 Maks” siropidan bolalar o`limiga munosabat bildirdi

'JSST O`zbekistonda “Dok-1 Maks” siropidan bolalar o`limiga munosabat bildirdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti yo`tal siroplari bilan bog`liq bolalar o`limi holatlaridan so`ng xavfli preparatlardan himoya qilish uchun “tezkor va kelishilgan choralar” ko`rishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2022 yilda Gambiya, Indoneziya va O`zbekistonda 300 dan ortiq bola, asosan, 5 yoshgacha bo`lganlar, xavfli tarkibiy qismga ega dorilar sababli o`tkir buyrak etishmovchiligidan vafot etganini ta`kidladi. Mazkur sirop tarkibidagi etilen glikol va/yoki dietilen glikol bolalarning o`limiga sabab bo`lgan.

“Bu moddalar ishlab chiqarishda erituvchi va antifriz sifatida ishlatiladigan zaharli kimyoviy tarkib bo`lib, ularni oz miqdorda bo`lsa ham qo`llash o`limga olib kelishi mumkin va hech qachon dori vositalari tarkibida bo`lmasligi kerak”, — deyiladi bayonotda.

Yuqoridagi davlatlar qatorida, JSST Filippin, Sharqiy Timor, Senegal va Kambodjada ham preparatlardan bolalar o`limi kuzatilishi ehtimoli borligi, sababi bu davlatlarda ham yo`talga qarshi siroplar sotilishi mumkinligini bildirdi. JSST 194 ta davlatdan o`lim holatlarining oldini olish uchun chora ko`rishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar