Qozog`istonning Taraz shahrida shifokorlar bolaning oshqozonidan tikuv ignalarini olib tashlashdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
3 yoshli bolaning onasi uni kasalxonaga olib kelgan. Rentgenda uning oshqozonida tikuv ignalari borligi ko`rindi. Hammasi bo`lib kichkina bemor 4 ta ignani yutib yuborgan.
Shifokorlar bir necha kun davomida endoskopik asbob-uskunalar yordamida jarrohlik amaliyotiga murojaat qilmasdan ularni olib tashlashdi.
Hozirda bolaning ahvoli yaxshi va uyiga ruxsat berilgan.