56 yoshli amerikalik ayol Mayk Taysondan 1990 yillarda o`ziga qilingan jinsiy tajovuzi uchun besh million dollar undirmoqchi. Bu haqda "Daily Mail" xabar bergan.
Voqea 1990 yillar boshida tungi klubdan qaytayotgan paytda sodir bo`lgan.
Ayolning so`zlariga ko`ra, 1990 yillar boshida tungi klubdan qaytayotgan paytda Maykning limuziniga o`tirgan. Bundan foydalangan sobiq sportchi ayolga jinsiy zo`ravonlik qilgan.
Jabrlanuvchi bu haqda 2022 yilning yanvar oyida sudga da`vo arizasini kiritgan.
Eslatib o`tamiz, bokschi 1992 yilning 10 fevralida Dezire Vashingtonni zo`rlaganlikda aybdor deb topilib, uch yillik qamoq jazosini o`tagan.






