AsosiyDunyo

Sankt-Peterburgda 15 yoshli qiz "Parasetamol"dan zaharlanib reanimasiyaga tushdi

'Sankt-Peterburgda 15 yoshli qiz "Parasetamol"dan zaharlanib reanimasiyaga tushdi'ning rasmi

Sankt-Peterburgda 26 yanvarga o`tar kechasi shifokorlar 15 yoshli qizchani Bolalar shahar kasalxonasining jonlantirish bo`limiga olib ketishdi. Shifoxonada unga  "parasetamol"dan zaharlanish tashhizi qo`yilgan, deb xabar bermoqda “Nevskie Novosti” huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib. 

Qayd etilishicha, qiz yashaydigan oiladagi uch nafar farzandning hech biri ayni paytda bog`cha yoki maktabga bormaydi, barchasi uyda ta`lim oladi. Qiz zaharlangan kuni otasi xizmat safarida bo`lgan. 

Eslatib o`tamiz, parasetamol hayotiy va muhim dorilar reestriga kiritilgan. Lekin uning dozasi me`yoridan oshib ketganda jigar va buyraklar faoliyatini jiddiy ravishda buzishi mumkin.

 Farmakologlar kattalar uchun parasetamolning ruxsat etilgan dozasi kuniga to`rt martagacha bo`lgan bir yoki ikkita 500 mg tabletkalar ekanligi haqida ogohlantiradi. Dozani oshirib yuborish holatlarida darhol tez yordam chaqirishingiz kerak bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar