1

Odessa shahri UNESCO'ning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritildi

Dunyo 26.01.2023, 23:49
Odessa shahri UNESCO'ning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritildi

Ukrainaning Odessa shahri UNESCO'ning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda tashkilotning saytida ma`lum qilindi.

“Ozod shahar, jahon shahri, kino, adabiyot va san`atda o`z izini qoldirgan afsonaviy port – Odessa hozirda xalqaro hamjamiyatning yanada kuchaytirilgan himoyasida. Urush davom etar ekan, ushbu ob`ektning Jahon merosi ro`yxatiga kiritilishi har doim global qo`zg`olonlarni engib o`tgan bu shaharni keyingi vayronagarchilikdan himoya qilish bo`yicha umumiy qat`iyatimizni ifodalaydi”, deydi UNESCO Bosh direktori Odri Azule.

Butunjahon merosi konvensiyasi qoidalariga ko`ra, konvensiyaning 194 ishtirokchi-davlati Jahon merosi ob`ektiga bevosita yoki bilvosita zarar etkazishi mumkin bo`lgan qasddan harakatlar sodir etmaslik va uni himoya qilishga yordam berish majburiyatini oladi.

Qayd etilishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022 yil oktyabr oyida shaharni Butunjahon merosi ro`yxatiga qo`shish uchun murojaat qilgan.

UNESCO tashkiloti Odessa amaliy san`at muzeyi va Odessa zamonaviy san`at muzeyiga urush boshlanganidan beri etkazilgan zararni bartaraf etgan. Tashkilot, shuningdek, Odessa davlat arxividan 1000 ga yaqin badiiy asar va hujjatli to`plamlarni raqamlashtirish uchun uskunalar taqdim etgan.

Binolarni, shuningdek, tashqi makon san`at asarlarini himoya qilish uchun uskunalar ham etkazib berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1