1

Ozarbayjonning Tehrondagi Elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi(video)

Dunyo 27.01.2023, 14:33
Ozarbayjonning Tehrondagi Elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi(video)

Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi, xavfsizlik xizmati boshlig`i halok bo`ldi, uning ikki hamkasbi yaralandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

"27 yanvar kuni Boku vaqti bilan soat 08:30da  Ozarbayjonning Eron Islom Respublikasidagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Hujumchi Kalashnikov avtomati bilan qurollangan. Otishmada qo`riqlash posti va xavfsizlik xizmati boshlig`i halok bo`ldi. Hujumni qaytarish chog`ida ikki nafar xavfsizlik xodimi yaralandi. Ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda”, — deyiladi Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabarida.

Tashqi ishlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, hujumchi tergov qilinmoqda.

 “Tafsilotlar bo`yicha jamoatchilikka qo`shimcha ma`lumotlar beriladi”, — deyiladi TIV xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1