AsosiyDunyo

Bugundan Qozog`istonga kirish qoidalari o`zgardi

'Bugundan Qozog`istonga kirish qoidalari o`zgardi'ning rasmi

Bugundan Qozog`istonda xorijliklar uchun yangilangan kirish qoidalari kuchga kirdi. Unga ko`ra, endilikda Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlari — Rossiya, Belarus, Armaniston va Qirg`iziston fuqarolari uchun “vizaran” amaliyoti bekor qilinadi. Bundan keyin ular 6 oylik davrda respublikada faqat 90 kundan ortiq bo`lmagan muddatga qolishi mumkin. Agar bu muddat oshib ketsa, mamlakatni tark etgan xorijlik qaytib kela olmaydi. Yangi qoidalar vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga nisbatan qo`llanilmaydi.

Ilgari EOII mamlakatlari fuqarolari “vizaran” bilan Qozog`iston chegarasini har uch oyda bir marta kesib o`tib, qaytib kelishi mumkin edi. Bu amaliyot davlat hududida qonuniy yashash muddatini yangilash uchun etarli edi.

Qozog`iston bilan vizasiz rejimga ega bo`lgan boshqa mamlakatlar, jumladan O`zbekiston fuqarolari uchun respublikada qolish muddati 30 kun. Qozog`istonda qolish muddatini uzaytirish uchun respublikada yashash ruxsatnomasi yoki vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini olish kerak.

Respublika Ichki ishlar vazirligi Migrasiya xizmati qo`mitasi tashqi migrasiya boshqarmasi boshlig`i Asqar Aldo`ng`arov yangi cheklovlar faqat respublikaga 27 yanvardan keyin kirib kelgan xorijliklarga taalluqli bo`lishini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar