AsosiySalomatlik
17726

Qalqonsimon bez salomatligi uchun 9 mahsulot

Ushbu a`zo faoliyatidagi o`zgarishlar organizmning gormonal holatiga ta`sir etishi mumkin. Bu esa nainki umumiy ahvolingiz, balki farzand ko`rish imkoniyatingizga ham daxl qiladi. Muammo yuzaga kelmasligi uchun qalqonsimon bezni foydali mahsulotlar bilan siylab turing.

                                                                         

Asal, yong`oq va limon

3-4 ta yong`oqni maydalab, 1 osh qoshiq asal bilan aralashtiring. 1-2 hafta mobaynida ertalab och qoringa qabul qiling. 2-3 ta limonni go`shtqiymalagichdan o`tkazib, ta`bga ko`ra asal qo`shing. Aralashmani bir kunda 3 mahal, 1 choy qoshiqdan ovqatdan oldin tanovul qiling.

Dengiz karami

Tarkibida yod hamda 40 dan ziyod vitamin va minerallar mavjud. Bir haftada 3-4 marta dengiz karamidan tayyorlangan salat sog`liqqa g`oyat foydali.

Xurmo

Foydasi uchun bir donasi kifoya qiladi. Chunki organizmingiz faqat bitta mevadagi yod va vitaminlarni qabul qilib, qolganlarini e`tibordan chetda qoldiradi.

Piyoz

Qalqonsimon bez, yurak va jigarga foydali bo`lib, immunitetni mustahkamlaydi. Boshpiyozni halqasimon shaklda to`g`rab, sovuq suvda chaying-da, taomga qo`shib eng.

Olma

Yashil olmalar har tomonlama foydali hisoblanadi. Olmani po`sti bilan iste`mol qilish lozim. Urug`ida esa yod va yog` kislotalari bo`lib, qalqonsimon bez faoliyatiga ijobiy ta`siri bor.

Krab go`shti

Tarkibidagi V12  va  sink (rux) moddasi immunitetni chiniqtiradi. Krab go`shtining konservalangan yohud qalamcha shakliga keltirilgani ham foydali xususiyatini yo`qotmaydi.

Chernika

Antioksidantlarga boyligi bilan mevalar orasida birinchlikni egallaydi. Qalqonsimon bez faoliyatidagi gormonal o`zgarishlarning oldini oladi.

Ismaloq

Lyutein va karotenoidlar hisobiga qalqonsimon bez faoliyati to`xtab qolmaydi. Ismaloqni salat va eguliklarga qo`shib iste`mol qilish mumkin.

Qizil baliq

Sog`lig`ingizga foyda bo`lishini istasangiz, baliqning ushbu turini kechki ovqatga qoldiring. Omega 3 yog` kislotalari hamda ko`plab vitaminlarga boy bu mahsulot tanangizga quvvat bag`ishlaydi.

Boshqa yangiliklar