1

«Javobsiz muhabbat tuyg`ularni xor qilmaydi, aksincha yuksaklarga ko`taradi»,

SUG'DIYONA 22.09.2016, 10:39
Teglar: Muhabbat, Ayol, Oila
«Javobsiz muhabbat tuyg`ularni xor qilmaydi, aksincha yuksaklarga ko`taradi»,

«Yigirma bir yoshdaman. Uch yildirki, bir inson xayolimni o`g`irlagan. Ammo tuyg`ularim javobsiz qolayotgandi. U xuddiki meni ko`rib, hammasini bilib turib, e`tiborini, mehrini qizg`anayotgandek tuyulardi. Yaqinda sirdosh dugonam unga yuragimdagilarni oshkor qildi. Va oxirgi umid uchquni ham so`ndi. Hozir juda tushkun kayfiyatdaman...»

G., Toshkent shahri

Qiz bolami, yigit kishimi, umuman hech bir inson sevib qolish “xavfi”dan himoyalanmagan. Ne ajabki, tuyg`ularimizga, muhabbatimizga doim ham munosib javob ololmaymiz. Axir aytishganidek, «Hayotning o`zi javobsiz savol». Bunda o`zni ham, sevganimizni ham ayblashga haqqimiz yo`q. Bugun ushbu mavzuda dardlashamiz, dugonajonlar.

Ilk sevgi...

U tilga ko`chmagan izhori, yurakning tub-tubida pinhon asralgani bilan ham biz uchun qadrli. Axir hammasi beg`ubor. Manfaat, imkoniyat, tengsizlik degan tushunchalar bu tuyg`uga soya solmagan. Hech kim toptamagan, masxaralmagan, to`siq bo`lolmagani uchun ham uni oh tortishlar bilan emas, entikish bilan eslaymiz.

Tortinish, uyalish, andisha qilish...

Ko`ngil qo`yganimizning bizga befarqmasligini bilsak-da, sevgimizning javobsiz qolishiga ayni shu sifatlarimiz sababchi. Bu yaxshi, albatta. Axir qiz bolaning ko`rki — hayo, boyligi — qadrning negizida aynan andishalilik yotadi. Yigit ko`nglining sizga moyilligi bo`lsa, jur`at qilib, o`zi ilk qadamni tashlaydi. Shu sabab uyalaganingiz uchun o`zingizdan o`pkalamang, qizlarjon.

Qo`rqish...

U hammasidan xabar topsa, va nuqta qo`ysa! Mana shu qo`rquv sabab ham o`zimizni beparvodek tutishga harakat qilamiz. Ammo ne bo`lsa ham, tuyg`ularimizni nimadir sotib qo`yaveradi. Mehribonchilik, parvonalik... Qo`rqmang-da, o`zingizni qo`lga oling. Yo`q, aslo yigitga dil izhori qiling, demaymiz. O`zingizga nisbatan nazoratni kuchaytiring. Chunki sizning tuyg`ularingizdan qarama-qarshi tomon xudbinlarcha foydalanishi mumkin. Bu esa kun kelib, yaxshi ko`rganingizdan nafratlanishingizga olib kelishi hech gapmas. Muhabbatning nafratga aylanishi esa javobsiz sevgidan-da og`riqli.

Hech kimga oshkor qilmang!

Ikkinchi tomonning ijobiy munosabatini bilmasdan turib, yoki o`zingizcha «Men ham unga yoqaman», deya taxminlar qilib, dilingizni kimgadir «yormang». Onangiz bilan dso`tona munosabatlarni yo`lga qo`ygan bo`lsangiz, bu kabi mavzularda suhbatlasha olsangiz, boshqa gap. Ammo sirni ochish bilan masalaga echim topib bo`lmaydi. Chunki sirdosh dugonangiz yuragingizdan o`sha yigitning suratini o`chirolmaydi. Aksincha do`stlik qilaman deb yuqoridagi murojaatdagi kabi vaziyatni qaltislashtirishi mumkin. Atrofdagilarning masxaralashi, qattiq siquvga olishi sizni tushkunlik domiga tashlab, dunyoni ko`zingizga tor qilgani qoladi, xolos.

Yigitning ko`ngli yo`q!

Ba`zida bu kundek ravshan bo`lsa-da, na o`zimizning, na yigitning yuragiga buyruq berolamiz. Axir qalbimiz avtomashinamaski, qizil chiroqqa parvo qilsa... Ammo bunday davom etishi mumkinmas. Javobsiz muhabbatdan umid qilib yoki u bilan taqdir yo`llaringizda uchragan yigitni solishtirib, real hayotdan uzoqlashib ketishingiz mumkin. Suymaganga suykalish esa qiz bolaga yarashmaydi. Aslo! Hayotingizga ma`no kiritishga harakat qiling. Kitoblar o`qing, masalan, mashhur «Choliqushi» asarini. Yaxshi filmlar tomosha qiling. Do`stlar davrasida ko`proq bo`ling. O`zingizga baxtli ekanligingizni his qilish uchun imkon bering.

Afsulanmang!

Yaqinda rus shoiri Aleksandr Sergeevich Pushkinning «Javobsiz muhabbat tuyg`ularni xor qilmaydi, aksincha yuksaklarga ko`taradi», degan so`zlarini o`qib qoldim-u, bir narsani angladim: biz hayotni yanada kuchliroq sevishimiz va asl muhabbatni his etishimiz uchun ham bu qissani boshdan kechirmog`imiz kerak ekan.

DUGONANGIZ

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1