1

Portugaliyada o`zbekistonlik velosportchilar kumush medallarga sazovor bo`ldi

Sport 30.01.2023, 09:13
Portugaliyada o`zbekistonlik velosportchilar kumush medallarga sazovor bo`ldi

Portugaliyada velosportning trek yo`nalishi bo`yicha o`tkazilgan “Troferu International De Pista Sunlive” xalqaro musobaqasida o`zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Turnirda O`zbekistonning “Tashkent city Professional Women Cycling Team” jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor bo`ldi.

Hamyurtimiz Margarita Misyurina omnium yo`nalishida kechgan poygada ikkinchi natijani qayd etdi.  

Mazkur dasturda gresiyalik Argiro Milaki g`alabani tantana qilgan bo`lsa, kuchli uchlikni ispaniyalik Izabel Navarro yakunlab bergan. Misyurina ushbu muvaffaqiyati evaziga jahon reytingi uchun muhim bo`lgan 90 ochkoni qo`lga kiritdi.

Shuningdek, Nafosat Qo`zieva bilan juftlikda ishtirok etgan Misyurina medison dasturida ispaniyalik sportchilardan keyingi o`rinni egalladi. Avstriya jamoasi vakillari esa uchinchi o`rindan joy olishdi, deyiladi Milliy olimpiya qo`mitasi xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1