1

O`zbekistondan Afg`onistonga temir yo`l qatnovi vaqtincha to`xtatildi

Siyosat 01.02.2023, 10:33
O`zbekistondan Afg`onistonga temir yo`l qatnovi vaqtincha to`xtatildi

1 fevraldan boshlab O`zbekistondan Afg`onistonga temir yo`l qatnovi vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, bunga 2 davlat o`rtasida tuzilgan shartnoma o`z vaqtida bajarilmagani sabab bo`lgan.

Avvalroq, 26−30 dekabr kunlari Termiz shahrida 2 davlat vakillari o`rtasida temir yo`l masalalari yuzasidan uchrashuvlar bo`lib o`tgandi. Unda 2023 yilning 1 fevraliga qadar Afg`oniston hududidagi texnik ishlar bosqichma-bosqich "Afg`on temir yo`llari" ishchilari tomonidan amalga oshirilishi bo`yicha "Harakatlar rejasi" kelishilgandi.

Shuningdek, "O`zbekiston temir yo`llari" tarkibiga kiruvchi «Sogdiana trans» ShK va Afg`on temir yo`l boshqarmasi o`rtasida tomonlar bajaradigan ishlar ro`yxati belgilangan va 27 yanvarga qadar yangi shartnoma imzolanishiga kelishilgan.

Biroq Afg`oniston temir yo`l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o`z vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli 1 fevraldan boshlab qatnovlar vaqtincha to`xtatilishi ma`lum qilindi. Keltirilishicha, G`alaba-Hayraton temir yo`li ochilishi haqidagi ma`lumotlar to`ldiriladi.

Afg`onistondagi Hayraton-Mozori Sharif temir yo`li 2010 yilda qurilib, 2011 yildan boshlab temir yo`lning barcha xizmatlari «Sogdiana trans» ShK tomonidan amalga oshirilmoqda.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1