AsosiyDunyo

Turkiyada zilzila oqibatida YuNESKO ro`yxatiga kiritilgan qal`a qulab tushdi(video)

'Turkiyada zilzila oqibatida YuNESKO ro`yxatiga kiritilgan qal`a qulab tushdi(video)'ning rasmi

Jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan Turkiyaning Gaziantep viloyatidagi tarixiy qal`a zilzila oqibatida qulab tushdi. 


“Qahramanmarash viloyati markazida sodir bo`lgan 7,4 magnitudali zilzila natijasida Gaziantepdagi tarixiy qal`a vayron bo`ldi”, — deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, qasr o`z tarixida ko`p marta restavrasiya qilingan va 2000-yillar boshida amalga oshirilgan restavrasiya natijasida o`zining yakuniy shaklini olgan.

Avvalroq,  seysmologlari Turkiyaning markaziy qismida 7,7 magnitudali zilzila qayd etgan edi. Qayd etilishicha, manba 10 km chuqurlikda bo`lgan, zilzila episentri Turkiyaning 1 milliondan ortiq aholisi bo`lgan Gaziantep shahridan 27 km uzoqlikda joylashgan.

Turkiyada zilzila to`qqiz viloyatda uylar vayron bo`ldi. Qahramanmarash, Gaziantep, Diyarbakir, Malatya va Adana viloyatlari ham jabrlangan. Shunday qilib, Malatya gubernatori Hulusi Shahin shaharda 140 ta bino qulaganini aytdi.

Shuningdek, Suriya viloyatlarida ko`plab vayronagarchiliklar, qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar