Ukraina Rossiya tez orada hujum boshlashi haqida "o`ta ishonchli razvedka ma`lumotlari" olganini ma`lum qildi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Gazetaning Ukraina mudofaa vazirligidagi ma`lumotlariga ko`ra, hujumlar 10 kun ichida boshlanishi mumkin. Ekspertlar ehtimoliy harakatlar nuqtasi sifatida Lugansk viloyatining g`arbiy qismini, Kremennaya va Liman shaharlari atrofini ko`rsatmoqda.
Rossiya oxirgi haftalarda bu erda katta qo`shin to`plamoqda. Shuningdek, Donesk viloyatining janubida ham harbiylar soni oshirilmoqda.






