Surxondaryo viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazida kardiojarrohlik bo`limi ish boshladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu erdagi birinchi murakkab amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialining tibbiyot fanlari nomzodi Adham Jalilov boshchiligidagi kardioxirurglar jamoasi bilan hamkorlikda o`tkazildi.
Shu tariqa viloyat tibbiyoti tarixida ilk bor ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash operasiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Hozir bemorning ahvoli qoniqarli bo`lib, standartlar asosida davo muolajalari davom ettirilmoqda.
06.02.2023 19:06
Surxondaryoda ilk bor ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash amaliyoti bajarildi
