AsosiyDunyo

⚡️Turkiyada etti kunlik motam e`lon qilindi

'⚡️Turkiyada etti kunlik motam e`lon qilindi'ning rasmi

Xabaringiz bor, bugun Turkiyaning ko`plab mintaqalarida zilzilalar qayd etildi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Turkiya janubi-sharqida yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 1651 kishi etgani aytildi.

Prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on o`zining tvitter sahifasida mamlakatda 7 kunlik motam e`lon qilinganini ma`lum qildi. 

"2023 yil 6 fevral kuni mamlakatimizda sodir bo`lgan zilzilalar tufayli etti kunlik umumxalq motam e`lon qilindi. Bayrog`imiz 2023 yil 12 fevral, yakshanba kuni barcha mamlakatimiz va xorijiy vakolatxonalarda quyosh botguncha yarim cho`zilgan holatda ko`tariladi",–deyiladi prezident imzolagan hujatda.

    Boshqa yangiliklar