1

Uyni qayta qurib, xonalar tuzilishini o`zgartirish qonunga zidmi?

Savol-javob 23.09.2016, 12:46
Uyni qayta qurib, xonalar tuzilishini o`zgartirish qonunga zidmi?

Yaqinda bir xonali kvartira sotib olgandik. Ta`mirlash vaqtida ayvon hisobiga mehmonxonani kengaytirib, ayvonni g`isht bilan bekitdik. Bunday holatda isitish tizimi uchun to`lovning narxi oshadimi? Eshitishimcha, bunday o`zgarishdan keyin uy kadastrini ham boshqatdan olishim kerak ekan. Sizdan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tushuntirishingizni iltimos qilaman.

Dilafro`z Mo`minova, Toshkent shahri 

A.ShOEV, Toshkent shahar Davlat ko`chmas mulk va er tuzish korxonasi boshlig`i:

—  Ruxsatsiz uy xonalarini o`zgartirish, rekonstruksiya qilish, qayta qurish o`zboshimchalik deb hisoblanadi. Davlat ko`chmas mulk va er tuzish korxonasi xodimlari bunday faktlarni aniqlasa, uyning sotilishi, hadya qilinishi taqiqlanadi va bu ishni amalga oshirgan odamga nisbatan chora ko`rish uchun hujjatlar tegishli tashkilotga yuboriladi. O`zboshimchalik bilan uyga o`zgartirish kiritgan shaxs O`zbekiston Respublikasi MJtKning 160-moddasiga asosan ma`muriy javobgarlikka tortiladi.

Toshkent shahar hokimining 2010 yil 31 martdagi №172-qaroriga asosan ko`p qavatli uyda yashovchi shaxs xona tuzilishini o`zgartiradigan bo`lsa, Toshkent shahar hokimiyatiga qarashli tadbirkorlar sub`ektini ro`yxatga olish inspeksiyasiga ariza bilan murojaat qilib, ruxsat olishlari lozim.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
•  uyga, kvartiraga egalik huquqini tasdiqlovchi (kadastr) hujjatlari;
•  lisenziyalangan loyiha tashkilotining texnik xulosasi;
•  loyiha;
•  XUJMShning roziligi.

“Darakchi” gazetasining 38-sonida “Byudjetda o`qiganlar necha yil ishlab berishi kerak?”, “Navoiyda ham binolar qurilayaptimi?”, “Ko`chmas mulkka ta`qiq bormi?”  kabi savollarga ham javob olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1